19:47 / 18.09.2019
2 419

Miraziz Mirzaxalilov jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi

Miraziz Mirzaxalilov jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi
Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bahslarida kechki dasturdan o‘rin olgan janglar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasining -57 kilogramm vazn toifasida vakili Miraziz Mirzaxalilov chorak final doirasida qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevga qarshi jang qildi.

3 raund davom etgan jang yakunida hakamlar o‘zbekistonlik bokschini g‘olib deb topishdi va Mirzaxalilov turnirning yarim finaliga yo‘l oldi. U endi kamida jahon chempionatining bronza medalini naqd qildi.

Bundan avvalroq, O‘zbekiston boks terma jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Shahobiddin Zoirov bolgariyalik Daniyel Asenovni mag‘lub etgan holda yarim final yo‘llanmasini hal qilgan edi.

Bugun O‘zbekiston boks terma jamoasining yana 3 nafar vakili yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi:

-69 kg: Bobousmon Baturov – Ziyod Iyoshash (Iordaniya) (B ring, boshlanish vaqti – 19:30)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (B ring, boshlanish vaqti – 20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Torres (AQSh) (B ring, boshlanish vaqti – 20:45).

Bugungi janglarni tomosha qilish uchun link:

Ring B: Bobousmon Baturov - Ziyad Iashash, boshlanish vaqti - 19:30, Dilshod Ro‘zmetov - Loren Alfonso Dominges, boshlanish vaqti - 20:15, Bahodir Jalolov - Richard Torres, boshlanish vaqti - 20:45.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Miraziz Mirzaxalilov jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi