O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Surxon" hamda AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (1:0) so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Havoni issiqligiga qaramasdan o‘yingohga kelgan muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etildi. Birinchi bo‘lim keskin kurashlarga va vaziyatlarga boy tarzda o‘tdi. Dastlabki taymda biz ham, raqib ham gol urishi mumkin edi.
Tanaffusdan keyin jamoamiz bo‘shashgandek ko‘rindi. Shuningdek, gol o‘tkazib yuborilgan vaziyatdagi oddiy xato qimmatga tushdi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida vaziyatni o‘nglash uchun harakat qildik. Biroq "Surxon" jamoasi himoyalanishda yaxshi o‘ynadi hamda qarshi hujumda harakat qildi. Biz esa hisobni tenglashtirish uchun yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik", - deb Qosimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi