20:41 / 20.09.2019
2 382

Boks. Dilshodbek Ro‘zmetov uchinchi finalchi!

Boks. Dilshodbek Ro‘zmetov uchinchi finalchi!
Bugun musobaqaning yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda. -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov final yo‘lida angliyalik Benjamin Uittakerga qarshi ringga ko‘tarildi.

Qiziqarli tarzda kechgan jang yakunida hakamlar bir ovozdan hamyurtimizning g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa, yarim finalga chiqqan uchinchi bokschimiz oltin medal uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar -52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov, -57 kg vazn toifasida esa Mirazizbek Mirzahalilov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Oldinda esa bizni Bahodir Jalolov ishtirokidagi yarim final jangi kutib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks. Dilshodbek Ro‘zmetov uchinchi finalchi!