22:22 / 22.09.2019
3 298

«Buffon, seni ko‘rish uchun O‘zbekistondan 5 ming km yo‘l bosib keldim!»

«Buffon, seni ko‘rish uchun O‘zbekistondan 5 ming km yo‘l bosib keldim!»
Foto: Instagram/@gianluigibuffon
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 4-turidan o‘rin olgan bahsda «Yuventus» o‘z maydonida «Verona» klubini mehmon qildi.
Bellashuv Turin klubining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni turinliklar darvozasini Janluiji Buffon qo‘riqladi.

Buffon o‘yindan so‘ng Instagram’dagi sahifasiga bir nechta suratni joyladi. Suratlardan birida o‘zbekistonlik futbol muxlisining quyidagi yozuvlari aks etgan banner ham bor edi: «Buffon, seni ko‘rish uchun O‘zbekistondan 5000 km yo‘l bosib keldim».

Foto: Instagram/@gianluigibuffon
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda «Yuventus»ning rasmiy fan klubi mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Buffon, seni ko‘rish uchun O‘zbekistondan 5 ming km yo‘l bosib keldim!»