17:52 / 23.09.2019
3 060

O‘zbekiston milliy jamoasini Vadim Abramov boshqaradi

O‘zbekiston milliy jamoasini Vadim Abramov boshqaradi
«Bunyodkor» klubi ustozi Vadim Abramov O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

«Milliy terma jamoamizda bundan buyon Vadim Abramov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. O‘FA murabbiylar kengashi yurtimizdagi taniqli mutaxassislardan biri sanaladigan Vadim Karlenovich nomzodini ma’qulladi.

Bilasiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu mutaxassis boshchiligida Qatar yashil maydonlarida o‘tgan Osiyo kubogi-2011da qit’a birinchiliklaridagi o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etgan. Shuningdek, milliy terma jamoamizning o‘sha yorqin o‘yinlari muxlislarimizning hali ham yodida.

Vadim Abramovga murabbiylar shtabida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida uzoq yillar muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatgan va endilikda murabbiylik sohasida ham qisqa vaqt ichida tez o‘sishga erishib, muxlislar ishonchini qozonishga ulgurgan Timur Kapadze yordam beradi.

Shuningdek, o‘zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi», – deyiladi rasmiy axborotda.

O‘FA xabarida 57 yoshli mutaxassisning «Bunyodkor» bosh murabbiyi lavozimidagi kelgusi faoliyati bo‘yicha ma’lumot berilmagan. O‘z navbatida klub ham hozircha bu haqda bayonot bergani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy jamoasini Vadim Abramov boshqaradi