08:39 / 25.09.2019
2 546

Vadim Abramovning "Bunyodkor" bilan tuzgan shartnomasi qancha muddatga mo‘ljallangan?

Vadim Abramovning "Bunyodkor" bilan tuzgan shartnomasi qancha muddatga mo‘ljallangan?
Yil boshidan buyon «Bunyodkor» jamoasini boshqarib kelayotgan tajribali mutaxassis Vadim Abramov qisqa vaqt ichida «qaldirg‘ochlar» bilan e’tiborga molik natijalarga erishdi. Superliganing 20-turidan keyin jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turishi, O‘zbekiston Kubogi bahslarida yarim finalga qadar yetib kelishi so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Vaholanki, jamoaning bugungi kundagi tarkibidan asosan akademiya tarbiyalanuvchilari joy olgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Vadim Abramov shartnomaga ko‘ra, yil oxiriga qadar «Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritadi. Ya’ni, bir vaqtning o‘zida ham milliy terma jamoa ham «Bunyodkor» bosh murabbiyi bo‘lib ishlaydi. Yil yakunida natijalarga qarab, klubdagi faoliyatini davom ettirish-ettirmasligi ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramovning "Bunyodkor" bilan tuzgan shartnomasi qancha muddatga mo‘ljallangan?