09:51 / 25.09.2019
2 609

Davron Fayziyev «Dinamo» bosh murabbiyligidan ozod etildi

Davron Fayziyev «Dinamo» bosh murabbiyligidan ozod etildi
Foto: «Bunyodkor» futbol klubi
Superliga doirasidagi ketma-ket sakkizta mag‘lubiyatdan keyin «Dinamo» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, bir yarim yil davomida «Dinamo» klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan Davron Fayziyev ishdan bo‘shash haqida o‘zi ariza bergan. «Klub hamkorliklik uchun Davron Oripovich Fayziyevga minnatdorchilik bildiradi va mutaxassisning keyingi murabbiylik faoliyatiga omad tilab qoladi», — deyiladi klub rasmiy saytida.

«Dinamo» rahbariyati ayni damda bosh murabbiy lavozimiga bir qator mutaxassislar bilan muzokara o‘tkazmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev «Dinamo» bosh murabbiyligidan ozod etildi