12:28 / 28.09.2019
2 327

Xonda MYuga: "Menga taklif jo‘nating"

Xonda MYuga: "Menga taklif jo‘nating"
Yaponiyalik tajribali futbolchi Keysuke Xonda o‘ziga yangi jamoa izlamoqda.
U so‘nggi klubi «Melburn Viktori» (Avstraliya) bilan may oyida shartnomasini bekor qilgandi. Shu bois, yarim himoyachi unga taklif yuborishlarini so‘rab «Manchester Yunayted»ga murojaat yo‘llagan.

«Menga taklif yuboring. Menga pul kerak emas, lekin, buyuk jamoada ajoyib futbolchilar bilan o‘ynash niyatim bor», – deya twitter'dagi sahifasiga yozgan Xonda.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli xavbek Kambodja terma jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xonda MYuga: "Menga taklif jo‘nating"