20:44 / 07.10.2019
3 437

Habib Nurmagomedov: «O‘zbekistonda MMA akademiyasini ochmoqchimiz»

Habib Nurmagomedov: «O‘zbekistonda MMA akademiyasini ochmoqchimiz»
Foto: TASS / Demyanchuk Aleksandr
MMA jangchisi, yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda jang san’ati akademiyasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Sankt-Peterburgda o‘tgan Sinergiya global forumi doirasidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«O‘zbekistonda kelgusida MMAni rivojlantirib, akademiyamni ochish niyatidamiz. O‘zbekistonda do‘stlarimiz ko‘p. Nafaqat do‘stlarim, muxlislarim ham juda ko‘p. Adashmasam, u yerda 35 million aholi bor. Dunyoning qayeriga borsam ham, o‘zbeklar oldimga kelib, omad tilashadi», – dedi Nurmagomedov.

Habib, shuningdek, 23 noyabr kuni Toshkentda amakivachchasi Umar Nurmagomedov ishtirokida o‘tadigan GFC-21 musobaqasi «Humo» arenasida o‘tkazilishini ma’lum qildi.

«Biz u yerda GFC-21 turnirini o‘tkazamiz. Bu – O‘zbekiston tarixidagi ilk MMA musobaqasi bo‘ladi. Adashmayotgan bo‘lsam, turnirni «Humo» arenasida o‘tkazamiz.
[Bu g‘oyani] hukumat qo‘llab-quvvatlayapti. Musobaqada o‘zbekistonlik 7 nafar, bizning zalimizdan esa 6 nafar jangchi qatnashadi
», – dedi dog‘istonlik jangchi.

Habib Nurmagomedovning aytishicha, u navbatdagi jangini kelasi yil mart yoki aprel oyida o‘tkazishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov: «O‘zbekistonda MMA akademiyasini ochmoqchimiz»