13:01 / 12.10.2019
2 511

Floyd Meyvezer va Pakyao revansh jangi Xitoyda boʻladimi?

Floyd Meyvezer va Pakyao revansh jangi Xitoyda boʻladimi?
Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer 2020-yilning birinchi yarmida WBA chempioni Menni Pakyao bilan boʻladigan jang haqida qizgʻin bosh qotirmoqda.
Bu haqda DEF Promotions kompaniyasi rahbari Jay Lau maʼlum qildi.

“Meyvezer Gonkongga ikki marta keldi, u oʻgʻlim Jeyson bilan gaplashdi. Endi u Pakyao bilan boʻladigan revansh haqida oʻylamoqda.

Biz Xitoyda boʻlib oʻtadigan koʻrgazmali jang kechasi haqida suhbatlashdik. Ammo professional boks haqida emas. Bizning munozaramiz Meyvezerning Yaponiyadagi Tenshin Natsukava bilan boʻlgan oʻziga hos shou tarzidagi jang oqshomi haqida boʻlgandi.

Ammo bunga qadar unda Pakyao bilan revansh jangini oʻtkazish niyati paydo boʻldi. Shuning uchun biz muzokaralarni toʻxtatdik. Men bu jang tashkil etilishiga umid qilaman ”, - dedi Lau.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Floyd Meyvezer va Pakyao revansh jangi Xitoyda boʻladimi?