22:14 / 12.10.2019
2 319

Devid Bekxem Mbappening agenti bo‘lmoqchi

Devid Bekxem Mbappening agenti bo‘lmoqchi
Angliyalik afsonaviy futbolchi Devid Bekxem o‘zining "Footwork Management Limited" agentlik firmasiga birinchi bo‘lib mijoz bo‘ladigan yulduz futbolchini tanladi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda PSJ klubi sobiq a’zosi parijliklarning ayni damdagi yetakchisi Kilian Mbappe bilan hamkorlik qilmoqchi.

Bekxemning fikricha Mbappe bilan shartnoma imzolash uning firmasiga katta mablag‘ bilan bir qatorda katta obro‘ ham olib keladi. Ta’kidlash kerakki, ayni damda fransiyalik futbolchining “Real” yoki “Manchester Siti”ga o‘tish masalasi juda ko‘p muhokama qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Mbappening ayni damdagi bozor narxi 200 mln yevroni tashkil etadi. Uning PSJga transferini esa otasi amalga oshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Devid Bekxem Mbappening agenti bo‘lmoqchi