10:01 / 14.10.2019
2 563

Yengil atletikada Tokio Olimpiadasi uchun birinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdik

Yengil atletikada Tokio Olimpiadasi uchun birinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdik
Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan atletlar ham bahs olib borgan turnirning bugun o‘tkazilgan bir qator bahslari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan hamyurtimiz Svetlana Radzivil 1.96 metr balandlikni zabt etib, oltin medal qatori Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘nalishda Tokio Olimpiadasining normaviti aynan 1.96 metrni tashkil etardi. Ushbu yo‘nalishda Nadiya Dusanova 1.85 metr bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Musobaqaning e’tiborli natijalaridan birini Yekaterina Voronina yetti kurash bahslarida qayd etdi. 10 kun muqaddam Qatardagi jahon chempionatida 6099 ochko to‘plagan Voronina bu gal 6238 ochko jamg‘arib, musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa Svetlana Radzivil faoliyatida to‘rtinchi bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqda. Radzivil bungacha Pekin (2008), London (2012) va Rio (2016) Olimpiadalarida ham ishtirok etgan edi. Eslatib o‘tamiz, bu terma jamoamizning Tokio Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan o‘n birinchi yo‘llanmasidir.

Manba: olympic.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yengil atletikada Tokio Olimpiadasi uchun birinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdik