Foto: «Xabar.uz»
Karate bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston kubogi musobaqasida ommaviy mushtlashuv kuzatildi. Ixtiyorimizdagi videolavhada nainki sportchilar, hatto hakamlar va murabbiylar o‘rtasidagi dahanaki janglar «qo‘l jangi»ga aylanib ketganini ko‘rish mumkin.
Holatga izoh so‘rab, O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi vakili H.Mahbubov bilan bog‘landik.
Vakil mushtlashuv bo‘lganini inkor etmadi, shu barobarida holat bo‘rttirilgani, «pashshadan fil yasamaslik»ni ta’kidlab, bir qancha shaxslarga nisbatan xizmat surishtiruvi boshlangani, bu borada qo‘shimcha ma’lumot berilajagini aytdi.
Biroq lavhalarni takror-takror ko‘rgach, vaziyatni bo‘rttirishga hojat yo‘qligi, O‘zbekiston kubogidek nufuzli musobaqada bunday sharmandali holatlar ro‘y berganini hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi, degan xayolga borasan, kishi.
O‘zi shundog‘am O‘zbekistonda sportning karate turi jar yoqasiga kelib qolgan deyish mumkin. Buni qo‘yidagi raqamlardan ilg‘ash qiyin emas.
O‘tgan bir yil davomida Tokio olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi o‘n to‘rtta xalqaro musobaqa o‘tkazildi, ularda ishtirok etgan vakillarimizning natijasidan faqat uyalish mumkin. Ya’niki, yurtimiz sportchilari o‘tgan o‘n to‘rtta xalqaro musobaqaning ikkitasi umuman ishtirok etmagan, o‘n bittasida (!) esa birorta o‘rin nasib etmadi. Faqat o‘tgan yili Yaponiyada bo‘lib o‘tgan (Premier League Tokio-2018) musobaqada bitta sportchimiz uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, o‘zimiz mezbon (!) bo‘lgan Osiyo chempionatida (Toshkent-2019) uchta birinchi, bitta ikkinchi va uchta uchinchi o‘rinlar «zabt etilgan».
Holbuki, yaqin-yaqingacha o‘zbek karatechilari xalqaro miqyosda o‘z o‘rniga edi. Taassuf... “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi