19:53 / 18.10.2019
2 401

Superliga. AGMK safarda “Bunyodkor”dan ustun keldi

Superliga. AGMK safarda “Bunyodkor”dan ustun keldi
Coca Cola Superligasining 22-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – AGMK uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limning 29-daqiqasida Shahzodbek Nurmatovning kuchli zarbasini Zuhurov qaytardi, qaytgan to‘pni esa uning yonida turgan Murodjon Toshmatov boshi bilan darvozaga yo‘lladi - 0:1.

O‘yinning 45-daqiqasida Murodjon Toshmatov burchak to‘pini amalga oshirdi, Boburbek Yo‘ldoshevning boshi bilan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib darvozaga kirib ketdi - 0:2. Shu tariqa AGMK safarda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini 25 taga yetkazib musobaqa jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Bunyodkor” – AGMK 0:2
18 oktyabr 2019 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 17:30
Gollar: Murodjon Toshmatov 29, - 0:1. Boburbek Yo‘ldoshev 45, - 0:2 (Murodjon Toshmatov).

"Bunyodkor" — 25.Murodjon Zuhurov, 3.Islomjon Qobilov, 6.Anvar G‘ofurov (21.Dmitriy Ostrovskiy, 72), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Javohir Qahramonov (30.Abdulla Abdullayev, 62), 13.Lutfulla To‘rayev, 14.Mirjahon Mirahmadov (20.Vladislav Nuriyev, 46), 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To‘xtasinov, 22.Shohruh Gadoyev, 77.Sanjar Tursunov.
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 7.Dilshod Ahmadaliyev, 23.Sanjar Rixsiboyev, 24.Yevgeniy Chumak, 34.Suhrob Izzatov, 37.Muhammadodil Qahramonov,

AGMK — 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal Shorahmedov, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 33.Sardor Rahmonov, 31.Saydullo Rahmatov - 3.Erkin Baydullayev, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Dilshod Jo‘rayev (30.Jasur Umarov, 75) - 17.Murod Toshmatov (97.Jasur Yaxshiboyev, 46), 99.Shahzod Nurmatov, 7.Elguja Grigalashvili
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 8.San’at Shixov, 11.Zohir Pirimov, 15.Jasur Hakimov, 20.Mirg‘iyoz Sulaymonov, 77.Vladislav Kasminin, 88.Igor Zonich.

Ogohlantirishlar: Saydullo Rahmatov 52, Erkin Boydullayev 54.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. AGMK safarda “Bunyodkor”dan ustun keldi