00:32 / 19.10.2019
2 199

Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas"

Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas"
"Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov Superliga 22-tur doirasidagi AGMKga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Oddiy vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘ydik. Garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, hisob o‘yinga mos bo‘ldi, deya olmayman. Nega jamoaning o‘yinida pasayish ro‘y berdi? Har qanday jamoada «spad» bo‘ladi. Bu yangilik emas. Shunchaki, biz juda oddiy vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘yyapmiz. Eng yomoni, tajribali futbolchilar shunday xatolar yo‘l qo‘ymoqda. Qolaversa, zaxira o‘rindig‘imiz qisqaligi ham pand bermoqda.

Xususan, futbolchilarimiz terma jamoalardan ikki kun avval yetib kelishdi. Birga shug‘ullanishga yetarlicha vaqt bo‘lmadi. Mabodo bugungi uchrashuvni ikki kundan keyin o‘tkazganimizda o‘yin boshqacharoq bo‘lishi mumkin edi. Agar zaxira o‘rindig‘imiz uzun bo‘lganida bugun boshqa futbolchilarning xizmatidan foydalangan bo‘lardim.

Klubda qolamanmi? Mavsum tugaganidan so‘ng rahbariyat bilan gaplashib olamiz va o‘zbek futboli uchun eng yaxshi variantni tanlaymiz.

Jasur Jaloliddinov nega ko‘rinmayapti? U yaqinda terma jamoa safida o‘ynab qaytdi, o‘zini dunyoning eng yaxshilari orasiga kiritilganini o‘qibdi. Kecha uning yoshlar jamoamizdagi o‘yinini kuzatdim. Yaqinda U-19 Osiyo chempionati saralashi bo‘ladi shu jamoaga yordam berishi kerak.

Birinchi gol o‘tkazilgan vaziyatda yoshi katta futbolchilarga nima bo‘lganini umuman tushunmadim. Birinchisi aut otdi, ikkinchisi to‘pga yeta olmadi, darvozabonimiz esa umuman g‘alati joyni tanladi...

O‘z stadionimizda o‘ynamaganimizda g‘alaba qozonardik, hozir stadionimizda o‘ynayapmiz va yuta olmayapmiz? Yo‘q maydonning aybi yo‘q, o‘zimiz juda yomon holatdamiz.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas"