20:19 / 19.10.2019
2 838

"Shanxay SIPG"da g‘alaba, Odil Ahmedovda gol

"Shanxay SIPG"da g‘alaba, Odil Ahmedovda gol
Xitoy Superligasining 26-turi doirasidagi "Beyjing Goan" va "Shanxay SIPG" klublari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

Bahsdagi dastlabki gol ikkinchi bo‘limda urildi. 49-daqiqada Shenglong Li golidan so‘ng Shanxay klubi hisobni ochdi. 66-daqiqada hamyurtimiz Odil Ahmedov raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqib, hisobni 2:0ga yetkazdi. Bahs shu hisobda yakuniga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shanxay SIPG"da g‘alaba, Odil Ahmedovda gol