13:21 / 25.10.2019
3 711

Rossiyalik sharhlovchi Shomurodovni rus hujumchilaridan ustun qo‘ygani uchun baloga qoldi

Rossiyalik sharhlovchi Shomurodovni rus hujumchilaridan ustun qo‘ygani uchun baloga qoldi
Rossiyalik sharhlovchi Gennadiy Orlovning “Rostov”da to‘p surayotgan o‘zbekistonlik forvard Eldor Shomurodov haqida: “U o‘zbek, lekin, uning futbol bilimi rossiyalik hujumchilardan balandroq” deya bildirgan fikri rus matbuotida jiddiy tanqidga uchradi. Shundan so‘ng u aslida nima demoqchi bo‘lganini aytdi.

“Men uni iqtidorli futbolchi degan ma’noda gapirgandim. Men “o‘zbek” deganda tabiiyki o‘zbek futbol maktabini nazarda tutdim. Eldor o‘ziga xos va shu bilan birga ayyor futbolchi. Shu sababli ham u 10 ta gol urdi. U maydonni ko‘ra oladigan, fikrlaydigan futbolchilar toifasiga kiradi.

Men o‘zbeklarni ruslarga qarshi qo‘ymadim. Bu qanday bema’nilik”
, - deydi Orlov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiyalik sharhlovchi Shomurodovni rus hujumchilaridan ustun qo‘ygani uchun baloga qoldi