21:12 / 27.10.2019
2 117

"Paxtakor" finalda 3-bor yirik hisobda g‘alaba qozondi

"Paxtakor" finalda 3-bor yirik hisobda g‘alaba qozondi
"Paxtakor" finallarda uchinchi marta yirik hisobda zafar quchgan birinchi klubga aylandi. Toshkentliklar bundan avval 1993 yil "Navbahor" 3:0 va 2002 yil "Neftchi" 6:3 hisoblarida mag‘lub etishgan edi. Yana bir yirik g‘alaba "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvida kuzatilgan - 3:0.

2007 yildan keyin ilk marta "Paxtakor" oltin dublga erishdi. Bunga qadar "sherlar" hisobida oltita shunday ko‘rsatkich bor edi. 12 yillik tanaffusdan keyin yana chempionat va kubokda g‘alaba qo‘lga kiritildi, O‘zbekiston Kubogida esa 8 yillik oraliqdan so‘ng bosh sovrin sohibiga aylandi.

Shota Arveladze "Paxtakor"ni boshqargan xorijlik murabbiylar orasida kubokni yutgan uchinchi mutaxassisga aylandi. Ungacha rossiyalik Sergey Butenko va turkmanistonlik Tachmurod Agamurodov kubokda zafar quchgandi. Dragan Cheran esa O‘zbekiston Kubogi finallarida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi sifatida o‘z nomini tarixga muhrlab qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" finalda 3-bor yirik hisobda g‘alaba qozondi