11:13 / 28.10.2019
2 925

Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi. U sobiq jahon chempionligiga da’vogar bilan jang qiladi

Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi. U sobiq jahon chempionligiga da’vogar bilan jang qiladi
Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyevning (2-0, 2 KO) bo‘lajak jangdagi raqibi o‘zgardi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Bektemir Meliqo‘ziyev 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ukrainalik Ismail Sillahga (27-6, 21 KO) qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. To‘qnashuv 8 raundga mo‘ljallangan reyting jangi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ahamiyatli tomoni mazkur boks oqshomining markaziy jangida afsonaviy Saul «Kanelo» Alvares (51-1-2, 35 KO) rossiyalik Sergey Kovalyovga (34-3-1, 29 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Bektemir aynan shu boks kechasining kardida ringga chiqadi. Janglar Las-Vegasdagi mashhur MGM Grand saroyining «Garden Arena»sida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Sillah o‘rta tajribali bokschi bo‘lib, 2013 yilda yarim og‘ir vazn toifasi WBO jahon chempionlik kamari uchun aynan Sergey Kovalyovga qarshi ringga chiqib, imkoniyatni boy bergandi.

Oldinroq, Meliqo‘ziyevning fransiyalik mashhur bokschi, besh karra sobiq jahon chempioni, to‘rt karra jahon chempionlik kamari uchun janglarda ishtirok etgan Hassan N‘Dam N‘Jikamga (37-4, 21 KO) qarshi ringga ko‘tarilishi va bu jang 10 raunddan iborat bo‘lib, super o‘rta vazn toifasining WBA InterContinental chempionlik kamari uchun kechishi haqida xabar bergandik. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur jang sanasi ortga surilgan. Meliqo‘ziyev sobiq chempionga qarshi avval belgilanganidek, 26 noyabr kuni ringga chiqishi rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi. U sobiq jahon chempionligiga da’vogar bilan jang qiladi