21:23 / 31.10.2019
2 461

Superliga. Qosimov - Babayan "to‘qnashuvi"da durang qayd etildi

Superliga. Qosimov - Babayan "to‘qnashuvi"da durang qayd etildi
Olmaliqning AGMK jamoasi bu tur o‘z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qildi. "OKMK" sport majmuasida kechgan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

36-daqiqada Jamshid Iskanderov Suhrob Sultonov qo‘riqlayotgan darvozaga aniq zarba yo‘llab hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim so‘nggida esa Elguja Grigalashvili olmaliqliklarni mag‘lubiyatdan saqlab qolgan golni kiritishga erishdi.

AGMK – LOKOMOTIV - 1:1
Gollar:
Jamshid Iskanderov 36, - 0:1. Elguja Grigalashvili 81, - 1:1.

AGMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov, Erkin Baydullayev, Mirjamol Qosimov (Jasur Umarov, 76), Dilshod Jo‘rayev, Jasur Yaxshiboyev (Zohir Pirimov, 80), Shahzod Nurmatov (Jasurbek Hakimov, 69), Elguja Grigalashvili.
Zaxira: Akbar To‘rayev, San’at Shixov, Murodjon Toshmatov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Boburbek Yo‘ldoshev, Vladislav Kasminin.

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Oston O‘runov, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzayev, Ibrohim G‘anixonov (Diyorjon Turopov, 72), Islom To‘xtaxo‘jayev, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev, Arslanmirat Amanov (Medina Smit, 84).
Zaxira: Ma’mur Ikromov, Javohir Ilyosov, Azizbek Amonov, Javohir Sohibov, Avazbek O‘lmasaliyev, Javohir Esonqulov, Igor Yelich.
Ogohlantirish: Igor Zonich 77.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Qosimov - Babayan "to‘qnashuvi"da durang qayd etildi