07:11 / 05.11.2019
3 005

O‘zbekiston—Qirg‘iziston uchrashuvi TVda ko‘rsatilmaydi. Vadim Abramov vaziyatga izoh berdi

O‘zbekiston—Qirg‘iziston uchrashuvi TVda ko‘rsatilmaydi. Vadim Abramov vaziyatga izoh berdi
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov 4 noyabr, dushanba kungi mashg‘ulotlardan keyin «Championat.asia» muxbirining savollariga javob qaytardi.
Dastlab mutaxassis tayyorgarlik harayoni haqida gapirdi va keyin savolarga javob qaytardi.

«Ishchan kayfiyatda mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Qirg‘iziston bilan nazorat bahsi, keyin esa Saudiya Arabistoni hamda Falastinga qarshi saralash bosqichi doirasidagi muhim o‘yinlar kutmoqda. Biz mazkur muhim bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz», — dedi Vadim Abramov.

— Qirg‘izistonga qarshi nazorat o‘yini TV orqali translyatsiya qilinmasligi aytilmoqda. Bu esa sizning tashabbusingiz bilan amalga oshirilayotgan ekan, shu rostmi?
— Shunday. Saudiya Arabistoni biz ularga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rayotganimizni tomosha qilishi shart emas. Qanday tayyorgarlik ko‘rayotganimiz raqibga o‘ziga xos syurpriz bo‘la qolsin. O‘yin ochiq bo‘ladi. Yaxshisi, muxlislar stadionga kelib futbol tomosha qilsin. O‘zbekiston terma jamoasini stadiondan turib qo‘llab-quvvatlasin.

— Yaqinda Stanislav Cherchesov unga telefon orqali bir muxlis nega Rossiya terma jamoasiga RPL to‘purari Shomurodovni chaqirmayotganini so‘rab to‘polon qilganini aytdi. Qiziq, sizga Cheranni nega terma jamoaga chaqirmayapsiz deb hech kim sim qoqib, to‘polon qilishga ulgurmadimi?
— Afsuski bu borada menga hech bir muxlis qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q. Men ham Cheran borasida qo‘ng‘iroqni kutyapman. (kuladi)

— O‘zbekistonda barqaror to‘p tepayotgan Igor Golban kelasi yili O‘zbekiston pasportini olishi mumkin ekan. Agarda bu ro‘y bersa, unda Golbanning terma jamoada o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ladimi? Sizga ushbu himoyachi ma’qulmi?
— Albatta. Aslida Golbanni men O‘zbekistonga taklif qilganman. Ma’lum vaqt Golban «Lokomotiv»da shug‘ullangan va keyinchalik men uni «Qo‘qon-1912»ga taklif qilgandim. Ajoyib himoyachi. Unda O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ladi. Shaxsan menga uning harakatlari yoqadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston—Qirg‘iziston uchrashuvi TVda ko‘rsatilmaydi. Vadim Abramov vaziyatga izoh berdi