13:50 / 05.11.2019
3 646

Ravshan Ermatov: «Bizda ayni damda ikkita xususiy klub bor»

Ravshan Ermatov: «Bizda ayni damda ikkita xususiy klub bor»
AOKAda 2018 yil 16 martda e’lon qilingan «2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi prezident farmoni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Unda O‘FA rahbariyatidan klublarni xususiylashtirish borasida qanday ish olib borilayotgani haqida so‘raldi. Bu savolga O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov javob berdi.

«Dunyo futbolida ko‘plab katta jamoalar xususiy hisoblanadi. Klublarning o‘z egasi bor va ular o‘sha klublarga foyda olish uchun investitsiya tikadi. Albatta, klublarning xususiy bo‘lishi futbolni faqat rivojlantiradi. Bizda hozir faqat ikkita xususiy klub bor: «Paxtakor» va «Qo‘qon-1912». Umid qilaman, bunday jamoalar soni oshadi»,— deb Ermatovning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov: «Bizda ayni damda ikkita xususiy klub bor»