15:18 / 08.11.2019
2 538

Butunjahon Shaxmat olimpiadasida shaxmatchilarimiz 2-oʻrinni egallashdi

Butunjahon Shaxmat olimpiadasida shaxmatchilarimiz 2-oʻrinni egallashdi
Joriy yilning 28-oktyabr va 6-noyabr kunlari, Turkiyaning Chorum shahrida 16 yoshgacha boʻlganlar orasida Butunjahon Shaxmat olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuoti xizmati maʼlumotiga koʻra, sportchilarning musobaqada qatnashish xarajatlarini Raqamli iqtisodiyot qoʻllab quvvatlash “Raqamli ishonch” fondi tomonidan moliyalashtirilgan.

Yurtimiz sharafini Xalqaro toifadagi grossmeysterlar Abdusattorov Nodirbek, Sindarov Javohir, FIDE sport ustasi Kasimov Ali, Madaminov Muhiddin, Xalqaro toifadagi sport ustasi Omonova Umida himoya qilishdi hamda turnirda qatnashgan 250 dan ortiq ishtirokchi orasida jamoaviy hisobda faxrli 2 - oʻrinni egallashdi.

16 yoshgacha boʻlganlar orasida Butunjahon Shaxmat olimpiadasi 9 turdan iborat boʻlib, shveysarcha tizimda boʻlib oʻtadi. 9 tur natijasiga koʻra, hamyurtlarimiz 15 ochko jamgʻarishdi. Birinchi oʻrinni Ozarbayjon terma jamoasi 16 ochko bilan, 14 ochko bilan Belarus termasi uchinchi oʻrinni egallashdi.

Shaxmatchilarimizga gʻalabalar davomiyligini tilab qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Butunjahon Shaxmat olimpiadasida shaxmatchilarimiz 2-oʻrinni egallashdi