10:12 / 10.11.2019
2 273

La Liga. Messining xet-trigi "Barselona"ning yirik g‘alabasini ta’minladi (video)

La Liga. Messining xet-trigi "Barselona"ning yirik g‘alabasini ta’minladi (video)
Ispaniya chempionatining 13-turida «Barselona» o‘z maydonida «Selta»ni qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar tarkibida Lionel Messi xet-trikka erishdi. E’tiborlisi, Leo jarima to‘pidan ikki bor unumli foydalandi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Barsa» ochkolarini 25taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra «Real»ni ortda qoldirgan holda 1-pog‘onani egallab turibdi. «Selta» esa 9 ochko bilan 12-o‘ringa joylashgan.

Barselona – Selta 4:1
Gollar:
Messi (23 penalti, 45, 48), Buskets (85) – Olasa (42).
Barselona: ter Stegen, Firpo, Umtiti, Semedu (Buskets, 23), Serji Roberto, de Yong, Artur, Fati (Dembele, 46), Pike, Grizmann (Suares, 73), Messi.
Selta: Ruben Blanko, Olasa, Arauxo, Aydu, Junka, Beltran, Diop (Fernandes, 81), Sisto (Mendes, 64), Lobotka (Denis Suares, 76), Malo, Aspas.
Ogohlantirishlar: Umtiti (25), Messi (40), Beltran (45), Serji Roberto (52), Buskets (88).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. Messining xet-trigi "Barselona"ning yirik g‘alabasini ta’minladi (video)