16:40 / 10.11.2019
3 624

Davron Fayziyev: Saudiya bizning Qirg‘iziston bilan bahsimizda savollarga javob topmoqchi edi, ammo Abramov...

Davron Fayziyev: Saudiya bizning Qirg‘iziston bilan bahsimizda savollarga javob topmoqchi edi, ammo Abramov...
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi "Paxtakor" stadionida Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Bellashuvda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvdan so‘ng O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida o‘yin haqida o‘z fikrlarini qisqacha bayon etdi.
- O‘yin xaqida qisqacha. 70%ga ekspremental tarkib. Saudiya Arabistoni bilan shunga o‘xshash tarkib o‘ynaydimi? Yo‘q. Odil Ahmedov himoyada tushadimi yana? Bo‘lishi mumkin, aniq emas. Yangilar ishonchni oqladimi? Ha, qisman.
Har biri alohida o‘yin o‘tkazgandek, o‘zaro tushunish masalasi hali muammo. Bog‘lamlar ishlab ketsa ochilib ketadi yana o‘yinimiz. Saudiya bizning Qirg‘iziston bilan bahsimizda savollarga javob topmoqchi edi, Karlenovich yana chalg‘itib qo‘ydi. Foydali o‘yin. Yaxshi impuls bo‘ldi g‘alabadan. Bir necha kundan so‘ng guruhimiz grandlari dueli, super to‘qnashuv. Yutishimiz kerak, ishonch bor, Xudo xohlasa
, - dedi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: Saudiya bizning Qirg‘iziston bilan bahsimizda savollarga javob topmoqchi edi, ammo Abramov...