"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 12-turi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Tashqaridagi odamlar, matbuotdagilar bizni supermenlar deb aytishadi, ammo unday emas. Men jamoani hech qachon bunday tasavvur qilmaganman.
Albatta, raqib bizdan 6 ochkoga oldinlab ketgan, ajoyib mavsumni o‘tkazayotgan jamoa. Biroq biz "Enfild"ga mag‘lubiyatni o‘ylamasdan boryapmiz.
Menda hech qachon bunday hissiyot bo‘lmagan. Har doim yuqori natijalar va alohida yutuqlar borasida o‘ylayman. Bizda g‘alaba uchun imkoniyatlar yetarlicha bo‘ladi.
G‘alaba uchun doimo yuqori sifatli o‘yin ko‘rsatish kerak. Kichik detallargacha e’tibor berib, g‘alabaga ishonch bilan odimlash lozim. Futbolchilarga doimo ilk navbatda ruhiy holat borasida gapiraman. Ikkinchi jihat esa taktikaga qaratiladi.
Statistikalarga katta e’tibor bermayman. Biroq u "Enfild"da g‘alabaga erishish qanchalar qiyin ekanligini ko‘rsatadi. Ha, rostdan ham katta stadionlarda mehmon bo‘lib o‘ynash oson emas.
"Liverpul" - yaxshi jamoa. Barcha shuni biladi va men ham faqatgina shuni ayta olaman", - dedi Gvardiola. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi