14:03 / 12.11.2019
2 737

Hasanboy Doʻstmatovning debyut jangidagi raqibi va jang sanasi aniq boʻldi

Hasanboy Doʻstmatovning debyut jangidagi raqibi va jang sanasi aniq boʻldi
Professional boksning birinchi oʻta yengil (-48,99 kg) vazn toifasida ringga chiqishi kutilayotgan Hasanboy Doʻsmatovning debyut jangida oʻzgarish sodir boʻldi.

Unga koʻra, Doʻsmatov 16-noyabr kuni Meksikaning Guanaxuato shahrida boʻlib oʻtadigan boks oqshomida professional boksda rasman debyut qilishi aniq boʻldi. Uning raqibi mezbon David Martinez boʻladi. Mazkur bokschi profi ringda 12 ta jang oʻtkazib, ularning 8 tasida gʻalaba qozongan, uch bora magʻlubiyat va bir bora durang qayd eta olgan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Doʻsmatov 10-noyabr kuni Xitoyyning Fujou shahrida boʻlib oʻtadigan boks oqshomida oʻzining debyut jangini oʻtkazishi, unga xitoylik De Bin Ju (3-1-1, 2 KO) raqib boʻlishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Doʻstmatovning debyut jangidagi raqibi va jang sanasi aniq boʻldi