18:16 / 15.11.2019
2 895

Alisher Nikimbayev: "Murabbiy 12 kunlik yig‘inda nima qildi?"

Alisher Nikimbayev: "Murabbiy 12 kunlik yig‘inda nima qildi?"
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram kanalida O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi bahs haqida fikr bildirdi.
"O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni o‘yinidan oldin bir saytga intervyu berib, terma jamoamiz g‘alaba qozonishini taxmin qilgandim. O‘yinning 80-daqiqasigacha taxminim o‘zini oqlayotgan edi. Hammasi bahs oxirida o‘zgarib ketdi.

O‘yindan keyin bosh murabbiy aytganidek futbolchilar hissiyotlarga berilishdi. Shu yerda bir savol paydo bo‘ladi: Agar futbolchilar na ruhan va na jismonan tayyor bo‘lmasa, murabbiy 12 kunlik yig‘inda nima qildi?

Eslatib o‘taman, Evre Renarda o‘yinga tayyorgarlik uchun buncha vaqt yo‘q edi. "Al-Hilol" futbolchilari (8 nafar) Chempionlar ligasi finalidan so‘ng terma jamoa yig‘iniga qo‘shilishdi, ammo o‘sha qiyin bahs ularga xalal bermadi (O‘zbekiston darvozasini faqat "Al-Hilol" futbolchilari ishg‘ol qilishdi).

Murabbiylar shtabi mag‘lubiyatning sababini topib, mart oyidagi bahslar uchun tayyorgarlik rejasiga kerakli o‘zgartirishlar kiritishiga umid qilamiz. Terma jamoamiz ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishiga hozir ham ishonyapman. Ayni damda O‘zbekiston MTJda 6 ochko mavjud. Yigitlarimiz navbatdagi 3ta uchrashuvda g‘alaba qozonsa ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 4ta jamoa safida bo‘lishi ehtimoli katta. Terma jamoamiz ishga to‘g‘ri yondoshsa, Saudiya Arabistonini ham yengib, guruhda birinchi bo‘la oladi.

Savol boshqa narsa haqida: Keyinchi? Uchinchi bosqichda Falastin, Yaman va Singapur bo‘lmasligi aniq. Hozirgi Saudiya Arabistoni o‘sishda davom etadi. Yangi murabbiy jamoani yaxshi biladi, yoshlar tajriba to‘playdi: Bir haftadan so‘ng saudiyaliklar Ko‘rfaz Kubogida ishtirok etishadi va ular bu musobaqada ashaddiy raqiblarga qarshi kamida 3ta uchrashuv o‘tkazishadi. Bu jamoa va Renar foydasiga xizmat qilishi aniq.
Bizchi? Terma jamoamiz navbatdagi oylarda nimaning evaziga kuchayadi?" - deb yozdi Alisher Nikimbayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Nikimbayev: "Murabbiy 12 kunlik yig‘inda nima qildi?"