18:49 / 15.11.2019
2 063

MIB xodimiga tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

MIB xodimiga tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Joriy yilning 14 noyabr kuni Majburiy ijro byurosi Bo‘ka tuman bo‘limi davlat inspektori tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud, ya’ni Bo‘ka tumani, Qoraquduq MFY, Samarqand ko‘chasidagi xonadonalarni ko‘rikdan o‘tkazayotgan vaqtida, ushbu ko‘chada joylashgan 51-uyda yashovchi fuqaro M.Begaliyevning xonadoniga energiya-resurslari bo‘yicha tekshirishga kirganida, xonadonda elektr xisoblagichsiz, elektr energiyasidan noqonuniy, ya’ni elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan davlat inspektori qoidabuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirayotgan vaqtida, xonadon egasi M.Begaliyev dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga “kelishuv” taklif qilganligi, biroq, davlat inspektori tomonidan rad javobi berilganligi sabab, M.Begaliyevning 2 nafar o‘g‘illari davlat inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, unga qarshilik ko‘rsatishib, yuziga tan jarohati yetkazgan. So‘ngra davlat inspektori tomonidan rasmiylashtirilgan qoidabuzarlik hamda tarmoqdan uzish dalolatnomalarini qo‘lidan tortib olib, voqea joyidan yashirinishgan.

Tibbiyot xodimlari xulosasiga ko‘ra, davlat inspektoriga “yuqori lab o‘ng tomonida shilinma” ko‘rinishidagi tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tuman prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MIB xodimiga tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi