2 677
«Pul o‘g‘irlashni istamayman». Marchello Lippi yana Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi
Foto: Yandex Photos
Futbol bo‘yicha Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi lavozimini tark etishini ma’lum qildi.
14 noyabr, payshanba kuni Xitoy terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Suriyaga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Xitoy 5-turdan so‘ng guruh peshqadami Suriyadan besh ochkoga ortda bormoqda.
«O‘yin haqida gapirishni istamayman. Jamoa maydonda bor kuchini namoyish qilishi kerak. Murabbiy ko‘rsatmalarini bajarishi lozim. Agar futbolchilar mag‘lub bo‘lishdan qo‘rqsa, u holda ularda kurashish xohishi yo‘q. Mag‘lubiyat — mening javobgarligim. Raqib kuchli chiqdi.
Yillik maoshim juda baland. Bu pullarni o‘g‘irlashni istamayman. Men bu mag‘lubiyat uchun javobgarlikni to‘liq o‘z bo‘ynimga olaman. Rasman bosh murabbiylik lavozimidan ketishimni ma’lum qilaman», — deydi Lippi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
71 yoshli italiyalik mutaxassis so‘nggi o‘n oy ichida ikkinchi bor Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Avvalroq Lippi 2016 yilning oktyabridan 2019 yilning yanvariga qadar Xitoy termasini boshqaragandi. U may oyida terma jamoaga qaytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?