19:23 / 17.11.2019
1 192

Yosh bokschilarimiz Osiyo chempionatida 14 ta medal qo‘lga kiritishdi

Yosh bokschilarimiz Osiyo chempionatida 14 ta medal qo‘lga kiritishdi
Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi
Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoamiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Vakillarimizdan Suhrob Qayimov (-75 kg) hamda Shohjahon Abdullayev (-81 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana besh nafar vakilimiz finalda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan vakillarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
Suhrob Qayimov (-75 kg)
Shohjahon Abdullayev (-81 kg)

Kumush medal:
Xurshid Rasuljonov (-56 kg)
Javlonbek Yo‘ldoshev (-64 kg)
Nurislom Ismoilov (-69 kg)
Amirshoh Samadov (-91 kg)
Navbahor Hamidova (-75 kg)

Bronza medali:
Mirzabek Mirzahalilov (-52 kg)
Rahmatillo Toshpo‘latov (-60 kg)
Saydiniso Muhammadaliyeva (-51 kg)
Nasiba Hayrullayeva (-54 kg)
Ziyoda Yarasheva (-60 kg)
Dilfuza Bekova (-64 kg)
Xadichabonu Abdullayeva (-69 kg)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)