22:08 / 17.11.2019
2 412

Lukaku: Rossiya kuchli jamoa va menga Dzyubaning o‘yini yoqdi

Lukaku: Rossiya kuchli jamoa va menga Dzyubaning o‘yini yoqdi
Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Yevro-2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan Rossiya (4:1) ga qarshi bellashuv borasida fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Rossiya kuchli jamoa. Ular Yevropa birinchiligi uchun bemalol kurasha olishadi. Bugungi o‘yin borasida aytadigan bo‘lsam, menimcha, Cherishev va Golovin yo‘qligi ruslarga pand berdi. Bugun ular o‘z o‘yinlarini ko‘rsata olishmadi.

Menga Dzyubaning o‘yini yoqdi. Bu bilan, kimdur hayron bo‘lmasa ham kerak. Sababi, u chindan ham yaxshi futbolchi va kombinatsion o‘yinda ham yaxshi harakat qiladi va yakkakurashlarda ajoyib ustunlikka ega bo‘la oladi. Umumiy aytganda, ruslarning imkoniyatlari yomon emas," - dedi Lukaku.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lukaku: Rossiya kuchli jamoa va menga Dzyubaning o‘yini yoqdi