19:27 / 20.11.2019
3 408

"Galatasaroy" Falkao o‘rniga Eldor Shomurodovni olib kelmoqchi

"Galatasaroy" Falkao o‘rniga Eldor Shomurodovni olib kelmoqchi
«Rostov» klubidagi moliyaviy muammolar sababli, jamoa o‘z to‘purari Eldor Shomurodovni transferga qo‘yishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgach, o‘zbekistonlik goleadorga Rossiyaning grand klublaridan tashqari, Turkiyaning nomdor jamoasi ham da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda tribuna.uz sayti Turkiyaning Hurriyet nashriga tayanib xabar berdi.

Manbada yozilishicha, joriy mavsumda hujumchiga yolchimayotgan «Galatasaroy» Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Klub mavsum boshida o‘z safiga qo‘shib olgan ikki hujumchi – kolumbiyalik Radamel Falkao va ruminiyalik Florin Andonening o‘yinidan umuman qoniqmayapti. Ikki forvard ham jarohatlar girdobida qolayotgani klub bosh murabbiyi Fotix Terimning rejalarini buzmoqda. Katta umidlar bilan Istambul klubiga taklif etilgan Falkao mavsum boshidan buyon 5 o‘yinda bor yo‘g‘i 1 ta gol urgan. Turkiya Superligasining amaldagi chempioni O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini yanvardagi transfer oynasida qo‘shib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq SSKA Shomurodov uchun 5 million taklif etayotgani haqida xabar chiqqan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay «Sovetskiy Sport» nashri Shomurodov uchun kurashda «Zenit» favorit ekanligi haqida yozgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Galatasaroy" Falkao o‘rniga Eldor Shomurodovni olib kelmoqchi