07:01 / 21.11.2019
2 920

RPLda eng yaxshi hujumchi kim?

RPLda eng yaxshi hujumchi kim?
Rossiya Premer ligasida to‘purarlik poygasi har doimgidanda qiziyapti. Ikkinchi davra boshlanishidan avval turnirning eng yaxshi hujumchilari statistikasi bilan tanishib chiqamiz.

Eldor Shomurodov (“Rostov”) - 15 ta o‘yin (1306 daqiqa)
Darvozaga bergan zarbalari: 42 ta (2.8 ta zarba bitta o‘yinda)
10 ta gol va 3 ta golli uzatma
Eldor jarima maydoni ichidagi klassik hujumchilardan biri. Hozirda u RPLda urilgan gollar va kutilgan gollar bo‘yicha ham eng yaxshisi bo‘lib turibdi. Shomurodov darvozaga aniq zarba berish, to‘p bilan muomalar qilish bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichga ega. Eldor yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qilmoqda, raqib darvozasiga aniq zarbalar borasida (23 ta zarba).

Aleksandr Sobolev (“Krilya Sovetov”) - 15 ta o‘yin (1335 daqiqa)
Darvozaga bergan zarbalari: 37 ta (2.5 ta zarba bitta o‘yinda)
10 ta gol va 3 ta golli uzatma
Aleksandr xavfli zarbalar borasidagina eldordan ortda qolmoqda. Lekin umuman olganda Sobolevda ham ko‘rsatkichlar yaxshi. Aleksandr golli vaziyatlarni yaxshi his qila oladi va jamoadoshlari unga to‘p uzatishi uchun ochiq zonalar tanlay oladi. Sobolevga nisbatan 44 marta qo‘pollik ishlatilgan va u RPLda eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Artyom Dzyuba (“Zenit”) - 15 ta o‘yin (1209 daqiqa)
Darvozaga bergan zarbalari: 36 ta (2.7 ta har bitta o‘yinda)
9 ta gol va 9 ta golli uzatma
Dzyuba haqli ravishda “Rossiya premiyer ligasining eng universal hujumchisi” nomiga munosib. U ikkinchi qavatda ishonchli tarzda harakat qiladi, oyoq bilan yaxshi ishlaydi, ko‘p gol uradi va assistentlik borasida ham birinchi marta yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lmayapti. Avvalgi mavsumlarda ham u hammualliflik gollarini o‘z hisobiga yozib qo‘ygan edi. Rossiyada uningdek universal o‘ynaydigan futbolchi topilmaydi. U maydonda turli rollarni bajaradi.

Djorje Despotovich (“Orenburg”) - 14 ta o‘yin (1257 daqiqa)
Darvozaga bergan zarbalari: 55 ta (3.9 ta har bitta o‘yinda)
6 ta gol va 0 golli uzatma
Rossiya chempionatidagi kurashlarda yetakchi futbolchi. Bunga uning gavdasi, korpuslarda yaxshi ekanligi va raqib darvozasi oldidagi xavfli vaziyatlarda bemalol qarshiliklarni yenga olishi yordam beradi. Djorje ikkinchi qavatdagi kurashlar bo‘yicha ham RPLda yetakchi (6.6 marta ikkinchi qavatda ustunlik har bir o‘yinda). Eslab o‘tish joizki, Djorje “Orenburg” safiga tekin kelib qo‘shilgan.

Sardor Azmun - 14 ta o‘yin (1179 daqiqa)
Darvozaga bergan zarbalari: 50 (3.6 ta har bitta o‘yinda)
4 ta gol va 5 ta golli uzatma
Azmun tezkor, uzatmalar beradi, kerakli vaqtda ochiladi, ammo gol urishga kelganda negadir omadi yurishmaydi. Premer liga boshlanishi arafasida hamma Azmundan ko‘p gollar kutishgandi. Azmun RPL liderlari Shomurodov va Sobolevdan ko‘ra ko‘proq vaziyatlarga qatnashgan. Ammo kutilgan gollar (o‘rtacha 9 ta gol kutishgandi) dan ko‘ra kamroq gol urdi. Sardorning zarbalari 23 ta va 9 ta himoyachilar tomonidan blokirovka qilingan zarbalar ham mavjud.

Fyodor Chalov (SSKA) - 15 ta o‘yin (1310 daqiqa)
Darvozaga bergan zarbalari: 45 ta (3 ta har bitta o‘yinda)
4 ta gol va 2 ta golli uzatma
Fyodorning bu mavsumdagi muammolari borasida juda ko‘p bora gapirildi, hammasini bitta qilib, bu mavsumda “armiyachilar”ning golli vaziyatlar borasida juda katta muammosi bor deyish mumkin. Chalov shuncha harakat qilishiga qaramasdan bor-yo‘g‘I 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Erkinjon G‘aybullayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » RPLda eng yaxshi hujumchi kim?