23:00 / 21.11.2019
2 959

«Biz dunyoviy davlatmiz. Kim xohlasa o‘ynaydi…» – Prezident maslahatchisi bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirishni yoqlab chiqdi

«Biz dunyoviy davlatmiz. Kim xohlasa o‘ynaydi…» – Prezident maslahatchisi bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirishni yoqlab chiqdi
Prezidentning yoshlar, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitov kuni-kecha Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘zbekistonda norasmiy bukmekerlik kompaniyalari bormi? Men norasmiylari deyapman. Norasmiylari bor, to‘g‘rimi? Bir qancha yillar avval biznikilar Tailand va Gonkongga borib pul tikib kelishgan holatlari ham bo‘lgan. Ikkinchidan, biz dunyoviy davlatmiz. Hozir ko‘pchilik aytyapti, bukmekerlik bu – qimor o‘yini. Kim xohlasa o‘ynaydi… Agar, kimdir buni e’tiqodiga zid deb bilsa, o‘ynamasligi mumkin”, - degan Abdujabbor Abduvohitov

Maslahatchining fikricha, bu sohani qonuniylashtirish bolalar futboli va boshqa sport turlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Shuningdek, Abdujabbor Abduvohitov bu sohadan tushgan soliqlarning 10 foizi davlat byudjetiga, 45 foizi bolalar futboliga va qolgan 45 foizini boshqa sport turlarini rivojlantirishga sarflashni taklif qildi.

Bu pullarga yaxshi futbolchilarni yetishtirib chiqaradigan maktablar qilsa bo‘ladi. Buning nimasi yomon? Sizlarda bukmekerlik kompaniyasi ochish imkoni bormi? Sizlarda yo‘qmi? Unda menga bu taklifni himoya qilishga yordam beringlar,” – deya Abduvohitov futbol mutasaddilariga yuzlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilingan edi.

Loyihada 2021 yildan boshlab futbolni rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Biz dunyoviy davlatmiz. Kim xohlasa o‘ynaydi…» – Prezident maslahatchisi bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirishni yoqlab chiqdi