Kuni kecha Ispaniyaning «Real» futbol klubini Yaqin Sharq hamda Afrika mamlakatlari bo‘yicha fondi menejeri Inigo Arenilyas Chaves «Bunyodkor» mehmoni bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Mirzayev Ulug‘bek Abdusattorovich qabulida bo‘lgan mehmon samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda jamoa haqida iliq fikrlar bildirdi. Xususan, «ikki yulduzli» maqomini olishga yaqin turgan akademiyadagi sharoitlar, klubning umumiy infratuzilmasi, stadion to‘g‘risida fikr bildirar ekan, bunday imkoniyatlarga ega jamoa bilan turli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish fondning rejalari qatoriga kirishini ta’kidladi.
Jumladan, Inigo Chaves «Real» futbol klubi fondining Osiyo-Afrika mintaqasi bo‘yicha eng katta – BAA filiali bo‘yicha hamkorlik loyihasini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Ulug‘bek Abdusattorovich mehmonning bu taklifini eshitar ekan, «Bunyodkor» «Real» fondi tomonidan taklif qilinadigan loyihalarni amalga oshirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishini ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, «Real» fondining BAAdagi filialiga o‘z vaqtida Ispaniya milliy terma jamoasining asosiy o‘yinchisi, yulduzi bo‘lgan Michel Salgado direktorlik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi