11:43 / 23.11.2019
2 555

Meyvezer UFC prezidenti bilan hamkorlikni yana yo‘lga qo‘ydi

Meyvezer UFC prezidenti bilan hamkorlikni yana yo‘lga qo‘ydi
Foto: Instagram
Boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer UFC prezidenti Deyna Uayt bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi.

«Men va Deyna 2020 yilda dunyoga qoyilmaqom shouni namoyish etish uchun yana birgalikda ishlayapmiz», — deya yozadi bokschi o‘z Instagram sahifasida. Avvalroq Meyvezer 2020 yilda boksga qaytishini e’lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Uayt va Meyvezer o‘rtasidagi ilk hamkorlik doirasida 2017 yilning avgustida Floyd UFC sobiq chempioni Konor Makgregor bilan jang qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Meyvezer UFC prezidenti bilan hamkorlikni yana yo‘lga qo‘ydi