00:10 / 24.11.2019
2 467

Mirjalol Qosimov: Jamoani shakllantirish oson emas, "Lokomotiv" 5 yil, "Paxtakor" esa 3 yil sarfladi

Mirjalol Qosimov: Jamoani shakllantirish oson emas, "Lokomotiv" 5 yil, "Paxtakor" esa 3 yil sarfladi
Superliga 24-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda AGMK jamoalari (1:3) o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Vodiyda oson bo‘lmasligini bilgan edik. Raqib shunga munosib tarzda harakat qildi. Bugungi bahs bizga omadli keldi. Futbol shunaqa - gol urmasang g‘alaba qozona olmaysan. Shunday bo‘lsa-da, qo‘qonliklar ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirishdi.

Yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrayotganiga qaramay, tinimsiz hujumlarni tashkil etishdi. Oxirigacha kurashishdi. Raqibning bugungi o‘yini menda iliq taassurot qoldirdi. Bugun darvozabonimiz Suhrob Sultonov juda ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Darvozabon bizni ko‘plab vaziyatlarda qutqarib qoldi.

Bitta jamoani shakllantirish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Ba’zan yillar davomida bitta jamoani shakllantirishga harakat qilasan. “Lokomotiv”ga chempion bo‘lish uchun besh yil ketgandi. “Paxtakor”ga ham uch yil lozim bo‘ldi.

Mirjamol Qosimov bundan oldingi ayrim o‘yinlarda ham bugungidek burchakdan gol kiritgandi. Umuman standartlar ustida biz ko‘p ishlaymiz", - deb Qosimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi Qo‘qon klubi matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: Jamoani shakllantirish oson emas, "Lokomotiv" 5 yil, "Paxtakor" esa 3 yil sarfladi