14:00 / 24.11.2019
2 839

Ro‘ziqul Berdiyev: “Quvvatovning harakatlari qizil kartochkaga mos edi”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Quvvatovning harakatlari qizil kartochkaga mos edi”
Coca Cola Superligasi 24-tur “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Birinchi bo‘limda ozroq sust harakat qildik. Rejamiz bo‘yicha qarshi hujumlarda harakat qilishimiz kerak edi. Bir necha vaziyatlar ham yarata oldik, ammo ulardan foydalana bilmadik. Buning ustiga ketma-ket ikkita gol o‘tkazib yubordik.

- Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildik. Quvvatovning harakatlari qizil kartochkaga mos edi. Birinchi bo‘limdan farqli o‘laroq ikkinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yinimiz muxlislarga manzur bo‘ldi deb o‘ylayman. Chempion jamoani ham shoshirib qo‘ydik.

Lekin raqibimiz salohiyati va mahorati jihatidan bizdan ustun. Shuning uchun ular bugun g‘alabaga erishishdi. Chempion jamoaga qarshi munosib o‘ynashga harakat qildik. Buning uchun futbolchilarga va bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: “Quvvatovning harakatlari qizil kartochkaga mos edi”