18:47 / 24.11.2019
2 287

Superliga. Qorli o‘yinda "Bunyodkor" "Navbahor"ni mag‘lub etdi va 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Superliga. Qorli o‘yinda "Bunyodkor" "Navbahor"ni mag‘lub etdi va 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi
O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" hamda "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Toshkentda kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Nurillo To‘xtasinov va Xurshid G‘iyosovlar tomonidan kiritilgan gollarga mehmonlar safida Azizbek Turg‘unboyev bir bor javob qaytardi.

Shu tariqa "qaldirg‘ochlar" hisobidagi ochkolar soni 39 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

"BUNYoDKOR" - "NAVBAHOR" 2:1
Gollar:
Nurillo To‘xtasinov 9, - 1:0 (Sanjar Qodirqulov). Azizbek Turg‘unboyev 34, - 1:1. Xurshid G‘iyosov 67 penalti, - 2:1.
"Bunyodkor": Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov (Sanjar Tursunov, 71), Javohir Qahramonov, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Shohruh Gadoyev, Sanjar Rixsiboyev (Jasurbek Jaloliddinov, 49) (Vladislav Nuriyev, 90+2).
Zaxira: Murodjon Zuhurov, Boburbek Farhodov, Mirjahon Mirahmadov, Dmitriy Ostrovskiy, Muhammadodil Qahramonov, Farrux Ikromov.

"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Ivan Solovev (Ayubxon No‘’monov, 76), Azizbek Turg‘unboyev, Aleksandr Kasyan, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, G‘iyosjon Komilov, Abbosjon G‘ulomov (Aziz Ibragimov, 62), Nodir Mavlonov, Amirbek Jo‘raboyev (Shahzod Shaymanov, 59).
Zaxira: Dilshod Hamroyev, Slavko Lukich, Abdulhay Ismoilov, Hojiakbar Yunusov, Komiljon Tojiddinov, Ilhomjon Aliboyev.

Ogohlantirishlar: Aleksandr Kasyan 9, Islom Qobilov 14, Nodir Mavlonov 55, Igor Golban 82, Mirzohid G‘ofurov 90+1.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Qorli o‘yinda "Bunyodkor" "Navbahor"ni mag‘lub etdi va 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi