20:50 / 24.11.2019
2 284

Vadim Abramov: "Bunyodkor"da qolishni va OChLga yo‘llanma olishni istayman"

Vadim Abramov: "Bunyodkor"da qolishni va OChLga yo‘llanma olishni istayman"
Superliganing 24-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Yaxshi o‘yin bo‘ldi, menimcha muxlislarga yoqdi. "Navbahor" juda ham yaxshi jamoa va juda noqulay raqib. Biz anchadan buyon g‘alaba qozona olmayotgan edik. Uchrashuvni juda yaxshi boshladik, dastlabki 15 daqiqada katta ustunlikka ega bo‘ldik. Keyin esa individual xatolar kuzatildi va bu birinchi taym yakuniga ta’sir qildi. Ikkinchi taymda yigitlar gol urishdi, ulardan minnatdorman. Menimcha bugun biz g‘alabaga yaqinroq o‘ynadik", - deydi Vadim Abramov.

- O‘zbek futbolida birinchi pas bera oladigan markaziy himoyachi juda kam. To‘pni bir-biriga uzatish o‘rniga to‘pni oldinga tepib yuboramiz. Gvardiola ham masalan yarim himoyachi Fernandinoni himoyaga qo‘ygandiku. Hozir "Siti"ga o‘xshash moda-ku (kuladi).

- Anvar G‘ofurov tajribali himoyachi, tajribali futbolchilarda esa mas’uliyat katta bo‘ladi. Masalan, mashg‘ulotlarda u paslarni osongina beradi. O‘yinda esa bir necha bor shunday xato qilmoqda. Balki bunga qadar bunday futbol o‘ynamagandir. Barchasi ruhiyatga bog‘liq.

- "Paxtakor" bilan o‘yin? Qiziqarli bo‘ladi. Bizga g‘alaba juda ham zarur. "Paxtakor" esa barcha vazifalarini bajarib bo‘ldi. Bugun ham g‘alaba bizga ko‘proq kerak edi. Chempionga qarshi teng kurashamiz deb umid qilaman.

- Menimcha reklamaning kamligi tufayli muxlislar stadionga kam kelishmoqda. Ko‘chalarda reklama bannerlari juda ham ko‘p to‘g‘rimi, lekin futbol haqida deyarli yo‘q. Masalan, terma jamoa o‘yiniga ikki kun qolganida Saudiya Arabistoni va Falastin bilan o‘yin haqida bitta banner osishdi. O‘yin qachon va qayerda bo‘ladi? Shu haqdagi bannerlar ko‘p bo‘lishi lozim. Bu yil hakamlar ancha yaxshi ishlashmoqda, to‘g‘ri mayda xatolar bor. To‘g‘ri kichik xatolar bor, ammo atayin qilingan xatolar bo‘lmayapti. Bunga to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalar ham sabab bo‘lmoqda. Shunday davom etsa muxlislarni qaytaramiz. Keyingi yildan taqvim o‘zgarmasa, qoldirishlar bo‘lmasa muxlislar stadionga kelishadi. Ba’zida xatto biz murabbiylar ham qachon o‘ynashimizni bilmay qolamiz.

- 6 kunda 3ta o‘yin? Bu normal holat. Jahonda bundan ko‘p o‘yinlar bo‘ladi. Biz ko‘proq o‘ynashimiz kerak. Qanchalik ko‘p o‘yinlar bo‘lsa futbolchilar o‘sadi, mashg‘ulotlar bilan o‘sib bo‘lmaydi. Har uch kunda uchrashuv o‘tkazish bu normal holat.

- Esingizda bo‘lsa "Lokomotiv"dan terma jamoaga ketganimda ikkala joyda ishlashim mumkin edi. Ammo o‘shanda bu noto‘g‘ri bo‘lishini his qilganman va klubdan ketgandim. Hozir esa "Bunyodkor"da qolsam to‘g‘ri bo‘lishini his qilayapman. Sababi chempionatda raqobat yuzaga keltirsak terma jamoaga yaxshi bo‘ladi. Aks holda faqat "Paxtakor" futbolchilariga bog‘liq bo‘lib qolamiz. Klubda ishlash menga xalal bermayapti.

- "Bunyodkor" OChLga chiqishini juda xohlayman. Sababi tarkibimizda ko‘plab yosh futbolchilar bor. Ular mana shunday xalqaro o‘yinlar orqali o‘sishadi deb o‘ylayman, - deydi Abramov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Bunyodkor"da qolishni va OChLga yo‘llanma olishni istayman"