09:28 / 27.11.2019
2 312

ЕChL. «Siti» va «Tottenhem» pley-offga chiqdi, «Real» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Levandovskidan poker

ЕChL. «Siti» va «Tottenhem» pley-offga chiqdi, «Real» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Levandovskidan poker
Foto: AP
Yevropa Chempionlar Ligasining to‘rtta guruxida 5-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.

5-turdan so‘ng pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan navbatdagi uch jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi. Bular – «Real», «Manchester Siti» va «Tottenhem». Tur doirasida «Real» «PSJ»dan revansh ololmadi, tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi. «Yuventus» Dibalaning goli evaziga «Atletiko»ni mag‘lub etdi.

Mourinoning ЕChLga qaytishi omadli bo‘ldi va «Tottenhem» kambek qilib, pley-off chiqdi. «Bavariya» esa mehmonda javobsiz 6ta gol urdi, Levandovski pokerga erishdi.
Faqat S va D guruhlarida ikkinchi o‘rin bilan yo‘llanmani qo‘lga kiritadigan klublarni aniqlash so‘nggi turga qoldi.

ЕChL, 5-tur, 26 noyabr
A guruhi
Real – PSJ 2:2
Gollar:
Benzema (17, 79) – Mbappe (81), Sarabiya (83).
Real: Kurtua, Marselo, Varan, Ramos, Karvaxal, Isko (Rodrigo, 82), Kroos, Valverde (Modrich, 76), Kazemiro, Azar (Beyl, 67), Benzema.
PSJ: Navas, Mene, Tiago Silva, Bernat, Markinos, Verratti, Guye (Neymar, 46), Di Mariya (Sarabiya, 75), Kimpembe, Mbappe, Ikardi (Draksler, 75).
Ogohlantirishlar: Marselo (68), Myone (88).
Galatasaroy – Bryugge 1:1
Gollar:
Byuyuk (11) – Dyatta (90+2).

V guruhi
Tottenhem – Olimpiakos 4:2
Gollar:
Alli (45+1), Keyn (50, 77), Ore (73) – El-Arabi (7), Semedu (19).
Srvena Zvezda – Bavariya 0:6
Gol:
Goretska (11), Levandovski (53 penalti, 60, 64, 67), Tolisso (89).

S guruhi
Atalanta – Dinamo Z 2:0
Gollar:
Murel (27, penalti), Gomes (47).
Manchester Siti – Shaxtyor 1:1
Gollar:
Gyundogan (56) – Solomon (69).

D guruhi
Yuventus – Atletiko M 1:0
Gol:
Dibala (45+2).
Yuventus: Shchesni, Danilo, Bonuchchi, De Shilo, de Ligt, Remzi (Bernardeski, 63), Bentankur (Xedira, 86), Pyanich, Matyuidi, Ronaldu, Dibala (Iguain, 76).
Atletiko: Oblak, Felipe, Lodi (Lemar, 64), Tripper, Ermoso, Koke, Saul, Errera (Korrea, 60), Tomas, Vitolo (Felish, 54), Morata.
Ogohlantirishlar: Ermoso (32), Bentankur (35), Lodi (40), Saul (52), Errera (58).
Lokomotiv – Bayer 0:2
Gollar:
Jemaletdinov (11, avtogol), Sven Bender (54).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » ЕChL. «Siti» va «Tottenhem» pley-offga chiqdi, «Real» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Levandovskidan poker