11:53 / 29.11.2019
3 795

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni o‘yinida mushtlashuv bo‘lganmidi?

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni o‘yinida mushtlashuv bo‘lganmidi?
Qatarda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz, Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qilishicha, Osiyo chempionati saralash o‘yinida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari va saudiyaliklar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

- Saudiya Arabistonidagi hamkasblarimizning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash o‘yinidan so‘ng ular va bizning terma jamoamiz vakillari o‘rtasida mushtlashuv yuz bergan. Menda o‘sha voqea aks etgan video bor. Ammo OFK intizom qo‘mitasi bu bo‘yicha o‘z qarorini ma’lum qilmaguncha videoni e’lon qilmayman. Tashkilotning qarori kelasi yil oktyabr oyida Osiyo chempionatini qabul qiladigan terma jamoa uchun salbiy bo‘lishi mumkin. Mushtlashuv tafsilotlari bu terma jamoa rahbariyatidagi kutilmagan o‘zgarishlarga olib kelgan bo‘lishi mumkin, - deya ma’lum qildi Alisher Nikimbayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni o‘yinida mushtlashuv bo‘lganmidi?