06:00 / 01.12.2019
2 928

Getji: Xabibga yengilmas degan nomni saqlab qolishiga imkon bermayman

Getji: Xabibga yengilmas degan nomni saqlab qolishiga imkon bermayman
UFCning yengil vazn toifasi a’zosi Jastin Getji UFCning amaldagi chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi jang olib borishdan umidi borligini aytib o‘tdi.

"Men Xabib bilan oktagonga chiqish uchun harakat qilaman va yengilmas degan nomni saqlab qolishiga imkon bermayman. Hech bo‘lmaganda, unga qarshi kuchimni sinab olaman.
Men o‘zimni dunyoning eng xavfli yengil vazndagi jangchilardan biri deb hisoblayman. Menda Xabibni imkonsiz qoldiruvchi fazilatlarim bor.

Qo‘l va oyoqlarim aqlbovar qilmas kuchli zarbaga ega. Shu qatorda, parterda ham yaxshi ishlayman. Men ham, u kabi tajribaliman. Shuning uchun, men ushbu jang bo‘lishiga umid qilaman
", - dedi Getji.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedovning navbatdagi jangi 18 aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Getji: Xabibga yengilmas degan nomni saqlab qolishiga imkon bermayman