14:48 / 01.12.2019
2 911

"Lokomotiv" Babayanning o‘rniga Shatskix yoki Baqoyevni olib kelmoqchi

"Lokomotiv" Babayanning o‘rniga Shatskix yoki Baqoyevni olib kelmoqchi
Xabaringiz bor, "Lokomotiv" klubi ustozi Samvel Babayan Xitoyning "Chanchun Yatay" klubi bilan shartnoma tuzdi.
"Temiryo‘lchilar" rahbariyati ayni paytda yangi bosh murabbiy izlamoqda. Eshitishimizga qaraganda Babayanning o‘rnini Maksim Shatskix yoki Ulug‘bek Baqoyev egallashi kutilmoqda.

Ulug‘bek Baqoyev bu yil 5-turda "So‘g‘diyona" bosh murabbiyiga aylangan va chempionatda klub bilan birga 4-o‘rinni egalladi.

Maksim Shatskix esa shu yilning avgust oyiga qadar Kiyevning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xatskevichga yordam berayotgan edi. 14 avgust kuni Kiyev klubi rahbariyati Xatskevich boshchiligidagi murabbiylar shtabini iste’foga chiqargan edi. Shundan buyon Shatskix ishsiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" Babayanning o‘rniga Shatskix yoki Baqoyevni olib kelmoqchi