16:30 / 01.12.2019
2 429

Andrey Kanchelskis: Kelgusi mavsum OChL musobaqasiga yo‘llanma olishga harakat qilamiz

Andrey Kanchelskis: Kelgusi mavsum OChL musobaqasiga yo‘llanma olishga harakat qilamiz
Superliga 26-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Navbahor" jamoalari (1:0) o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi o‘yin qiziqarli bo‘ldi. Kayfiyat ham boshqacha bo‘ldi, ob-havo ham. Kechagi bahs esa tumanda ancha qiyinchiliklarga duch keldik. O‘yinda ko‘proq himoyaviy taktika asosida o‘ynadik. Futbolchilarga mavsum davomidagi o‘yinlari uchun rahmat aytaman. Muxlislarimizga hamda qo‘qonlik futbol ishqibozlariga minnatdorchilik bildiraman.

Angliya tumanli albion deyiladi, lekin tajribamda bunday tumanda futbol o‘ynashga to‘g‘ri kelmagan. Kecha esa biz shunday vaziyatda to‘p surishimizga to‘g‘ri keldi. Endi buni amaliyotda ham ko‘rdim. O‘z o‘rnida "Qo‘qon-1912" futbol klubi rahbariyatiga bizga bergan yordamlari, iliq kutib olganlari uchun o‘zimni minnatdorchiligimni izhor qilaman. Bu jamoaga kelgusi mavsumda omad tilayman!

Keyingi mavsumda jamoamiz rahbariyati oldimizga aniq maqsadlarni qo‘yishgan. Biz kuchli uchlikka kirish hamda chempionlar ligasiga chiqish maqsadida harakat qilamiz", - deb rossiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis: Kelgusi mavsum OChL musobaqasiga yo‘llanma olishga harakat qilamiz