21:38 / 03.12.2019
2 630

Bilasizmi? Van Deykni Messidan ustun qoʻyganlar soni koʻp boʻlgan

Bilasizmi? Van Deykni Messidan ustun qoʻyganlar soni koʻp boʻlgan
Kecha Fransiyaning Parij shahrida “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Liverpul” va Gollandiya termasi himoyachisi Virjil van Deykni 7 ochkoga ortda qoldirib, mazkur mukofotni oʻziniki qilgan edi.

Eʼtiborlisi, bu borada oʻtkazilgan soʻrovnomada van Deykni birinchi oʻringa qoʻyganlar soni koʻp boʻlganligi ayon boʻldi. Soʻrovnomda ishtirok etganlarning 69 nafari gollandiyalikni birinchi oʻringa qoʻygan boʻlsa, 61 ta ovoz beruvchi argentinalik iqtidor egasini birinchi oʻringa munosib koʻrgan.

Eslatib oʻtamiz, Messi kecha oʻz faoliyatida oltinchi bor “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritgan edi. 32 yoshli forvard bunga qadar 2009, 2010, 2011 va 2015-yilda ham ushbu nufuzli mukofotni qoʻlga kiritgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bilasizmi? Van Deykni Messidan ustun qoʻyganlar soni koʻp boʻlgan