09:50 / 05.12.2019
2 378

Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiylik sohasida o‘z mahoratini oshirib kelayotgan yaqin o‘tmishning yetuk futbolchilaridan biri – Temur Kapadze ustozlik qiladi, deya xabar bermoqda O‘FA rasmiy sayti.

«Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi. Yoshlarimizning ushbu chempionatgacha bo‘lgan tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra U-19 termasi tayyorgarlik jarayoni sanasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlari doirasidagi taqvimi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli, Temur Kapadze milliy jamoada ham bosh murabbiy yordamchisi sifatidagi faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi» - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida o‘tgan turnirdagi noxush holat videotafsilotlari O‘FAga kelib tushgach Ijroqo‘m O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbarligidagi murabbiylar shtabini «noprofessionallik» qilgani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror chiqargan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi