13:59 / 09.12.2019
3 321

Fransiya klubi vakili Eldor Shomurodovning oʻyinini kuzatdi

Fransiya klubi vakili Eldor Shomurodovning oʻyinini kuzatdi
Fransuz klubi «Rostov» hamda O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda «Betting Insider» muxbiriga «Rostov» klubidagi ishonchli manba xabar bergan deb yozadi Kun.uz.

«Lion» klubi vakillari 8 dekabr kuni Moskvada bo‘lib, Rossiya Premer-ligasi 19-turi doirasidagi «Spartak» - «Rostov» (1:4) uchrashuvini stadionda turib kuzatishdi.
Shomurodovga Ispaniyaning «Sevilya» klubidan ham qiziqish mavjud.

Shomurodov hozirgacha chempionatda 10ta gol va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xususan, «Spartak»ga qarshi bahsda Eldor jamoasining ikkita goliga hammualliflik qildi. Ushbu hujumchi 2019 yilda O‘zbekiston milliy jamoasida jami 10ta gol urgan.

2017 yildan buyon «Rostov» sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodovning transfer bahosi Transfermarkt’ga ko‘ra, 2,5 million yevroni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fransiya klubi vakili Eldor Shomurodovning oʻyinini kuzatdi