21:57 / 09.12.2019
3 116

O‘zbek mutaxassislari "Beshiktosh" klubida

O‘zbek mutaxassislari "Beshiktosh" klubida
Ma’lumki, yurtimizda murabbiylarning malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda bir guruh mutaxassislarimizga «Pro» litsenziyasi uchun o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda va bu bir nechta modullarni o‘z ichiga oladi. Navbatdagi modulda esa murabbiylar xorijda malaka oshirishi belgilab qo‘yilgandi.

Shu bois «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, «Paxtakor» klubining sport direktori Ja’far Irismetov hamda ushbu klubning murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan Jasur Abduraimov ayni paytda Turkiyaning yetakchi klublaridan biri hisoblangan «Beshiktosh» klubida o‘z malakalarini oshirmoqdalar. U yerda ushbu jamoaning mashg‘ulotlari, o‘yinlari, futbol tizimi va yana boshqa masalalar bo‘yicha o‘zlari uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirmoqdalar.

Bu haqda Ja’far Irismetov o‘zining feysbukdagi sahifasida ma’lum qilgan.

E’tiborlisi, Irismetov «Beshiktosh» klubining bosh murabbiyi Abdulla Avchi bilan uchrashgan va unga o‘zbekona zarbof to‘n sovg‘a qilgan. Irismetovning ma’lum qilishicha, vakillarimiz Turkiyada 14 dekabrga qadar malaka oshiradilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek mutaxassislari "Beshiktosh" klubida